Jahon, Jinoyat

Bugun falastinliklarga cho’lda yoki uyda o’lish taklif qilinmoqda – Mark Ruffalo

Bugun falastinliklarga cho’lda yoki uyda o’lish taklif qilinmoqda – Mark Ruffalo

Mashhur amerikalik aktyor, prodyuser va faol Mark Ruffalo G’azo sektori janubidagi Rafah shahriga genotsidda ayblanayotgan Isroilning quruqlikdagi hujumini qoraladi. Bu haqda «Anadolu» AA ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Ruffalo X ijtimoiy tarmog’ida YUNISEF vakili Jeyms Elderning blokadadagi anklavning eng janubiy aholi punkti bo’lgan Rafah shahridagi falastinliklarning ahvoli haqidagi nashrini qayta joylashtirdi.

Aktyor G’azodagi bolalar va Rafah aholisi yordamga juda muhtoj ekaniga e’tibor qaratdi.

Uning ta’kidlashicha, Rafah aholisi asosan «konslagerlarga» jo’natiladi, u yerda ularga nafrat va shafqatsizlik bilan munosabatda bo’lishadi.

“Sahroda yoki uyda o’ling. Bu bugun falastinliklarga berilgan tanlovdir”, dedi Ruffalo nashrda.

Isroil armiyasi kecha ertalab Rafah shahriga quruqlikdan hujum boshlangani va Misr bilan chegaradagi xuddi shu nomdagi nazorat-o‘tkazish punkti ustidan nazorat o‘rnatilgani haqida ma’lum qildi.