Yangiliklar

Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

Milliy Olimpiya qoʻmitasida mamlakatimiz Yengil atletika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda mamlakatimiz yengil atletikachilarining “Parij-2024” yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik masalalari koʻrib chiqildi.

Shundan soʻng kun tartibidagi asosiy masala koʻrib chiqildi.

Federatsiya raisi lavozimida ishlab kelgan Mehriddin Abdullayevning oʻz xohishiga koʻra lavozimini tark etishi haqida yozgan arizasi ishtirokchilar tomonidan qanoatlantirildi.

Ijroiya qoʻmitasi tavsiyasiga va delegatlarning ovoz berishi natijasida “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasining raisi etib saylandi.

Yigʻilish yakunida Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlikning borishi, oʻtkazilayotgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari, kutilayotgan musobaqalardagi ishtirok koʻrib chiqildi.