Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, mushakbozlik 9-may kuni soat 21:00 da tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

2022 va 2023-yillarda ham Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan mushakbozlik “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida tashkil etilgandi. “Toshshahartransxizmat” ushbu bog‘ga vaqtincha avtobus yo‘nalishlarini ham yo‘lga qo‘ygandi.