Hodisa, Jamiyat

Mirobodda 2 ta Lacetti ishtirokida YTH sodir bo’ldi

Mirobodda  2 ta Lacetti ishtirokida YTH sodir bo’ldi

Joriy yilning 9-may kuni soat 19:30 larda Mirobod tumani Islom Karimov-Taras Shevchenko ko’chalari kesishgan chorrahasida 2 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo’ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, haydovchilar, 2001-yilda tug’ilgan Sh.I boshqaruvida bo’lgan Lacetti rusumli avtomashinasi va 1974-yilda tug’ilgan O.N. boshqaruvida bo’lgan Lacetti rusumli avtomashinalari to’qnashgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo’q.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.