Jahon

Rahmon Putin bilan uchrashuvda “nozik” masalani ko‘tardi

Rahmon Putin bilan uchrashuvda “nozik” masalani ko‘tardi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashuvda Rossiya bilan ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish yoʻnalishini tasdiqladi. Rahmon Krokus Siti Xolldagi terakt mavzusiga to‘xtalib, unda Tojikistondan bir necha kishi ayblanyotganiga e’tibor qaratdi.

Uning aytishicha, bu fojia Tojikiston imidjiga jiddiy zarba berdi. Unga ko‘ra, respublika maxsus xizmatlari terrorizmga qarshi kurashda rossiyalik hamkasblari bilan yaqin hamkorlikda ishlashda davom etadi.

“Terrorning vatani, millati va dini yo’q. Biz bunga qarshi birgalikda kurashishimiz kerak”, — dedi siyosatchi.

Bundan tashqari, Rahmon o‘z mamlakati uchun Rossiya Federatsiyasidagi mehnat muhojirlari bilan bog‘liq “nozik” masalani muhokama qilishni taklif qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Sovet Ittifoqi davrida ham Tojikiston komsomol qurilish maydonchalari va qurilish batalyonlari uchun o‘ziga xos ishchi yetkazib beruvchi bo‘lgan.

Vladimir Putin, o‘z navbatida, Krokusdagi teraktdan keyin hamkasbiga hamdardlik bildirgani uchun minnatdorchilik bildirdi. U, shuningdek, ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi darajasidan mamnunligini bildirib, Rossiya Tojikistonning asosiy hamkori ekanini eslatdi.