Aniqlanishicha, Samarqand viloyatidagi maktabning 8-sinf o‘quvchisi, voyaga yetmagan (2009-yilda tug‘ilgan) P.Z. 2023-yil avgust oyida o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan, 2006-yilda tug‘ilgan SH.E. bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. 2024-yil 6-may kuni shifoxonada P.Z. chaqaloq dunyoga keltirgan.
Mazkur holat yuzasidan (voyaga yetmagan qizning yoshidan kelib chiqib, ariza bilan murojaat qilinmagan bo‘lsa-da) tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi (16 olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bolalar ombudsmani bunday toifadagi jinoyat ishi doirasida voyaga yetmagan jabrlanuvchi shaxsiga oid bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni oshkor qilish va tarqatish qonunan taqiqlangani hamda bola manfaatlariga zid ekanligini eslatib o‘tdi.