Shahrisabzda Damas urib yuborib, so‘ng sudrab ketgan o‘quvchi halok bo‘ldi. Qashqadaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 19 aprel kuni sodir bo‘lgan.
Haydovchi K.M. Damas mashinasi bilan 4K-307 “Shahrisabz-Miraki” avtomobil yo‘lida harakatlanib borib, Shahrisabz shahar Fusunkor ko‘chasida piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘quvchini urib yuborgan.
Oqibatda o‘quvchi og‘ir tan jarohatlari olgan va shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi xabarda.
Jinoyat kodeksining 266-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra Transport vositalari harakati xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa muayyan huquqdan mahrum qilib, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!