Aka-uka Hassounlar tomonidan asos solingan Palestine Drinks, Falastin-Shved kompaniyasi o’z kola sotuvida sezilarli o’sish kuzatmoqda. Bu esa iste’molchilar tomonidan Amerika brendlarini boykot qilgani sababli Coca-Cola va Pepsiga muqobil bo’lib qolgan.
Palestine Drinks kompaniyasining bosh shirkati Safad Food vakili The National nashriga «buyurtmalar millionlab tusha boshlaganini», ikki oy ichida 4 millionga yaqin quti sotilganini aytdi.
Qayd etilishicha, tashabbus Husaynning akasi tomonidan chiiqan. U ko’plab restoran va do’konlarda yirik brendlarga muqobil yo’qligini payqagan. Yevropadagi ko’plab muassasalar Isroil bilan biznesi tufayli Coca-Cola va Pepsidan yuz o’girishmoqda.
Palestine Drinks qutilarida zaytun novdasi va keffiye naqshi kabi Falastin ramzlari, shuningdek, asoschilarning Falastin masalasi bo’yicha xabardorlikni oshirish maqsadini aks ettiruvchi «barcha uchun erkinlik» shiori mavjud. Daromadning bir qismi mojarodan jabrlanganlar uchun xayriya ishlariga yo‘naltiriladi.
«Bu bizning eng ko’p sotiladigan va ishlab chiqarish oson bo’lgan mahsulotlarimizdan biri», deydi matbuot kotibi. Rejalarda alkogolsiz, sitrus va energetik ichimliklar turlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan. «Biz kundan-kunga o’sib bormoqdamiz», deydi kompaniya vakili.
Shu bilan birga, Palestine Drinks har kuni milliardlab porsiya ichimliklar sotadigan gigantlar Coca-Cola va PepsiCodan sezilarli darajada ortda qolmoqda. Biroq, yangi brend Amerika kompaniyalarining Isroil bilan aloqalarini boykot qilishi ortidan tezda mashhurlikka erishmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!