Jahon

Rossiya Mudofaa vaziri Shoygu lavozimidan ozod etiladi

Rossiya Mudofaa vaziri Shoygu lavozimidan ozod etiladi

Mazkur qaror Mudofaa vazirligi innovatsiyalarga mutlaqo ochiq bo‘lishi, barcha ilg‘or g‘oyalarni joriy etishi, iqtisodiy raqobatbardoshlik uchun shart-sharoit yaratishi bilan izohlandi.

Matbuot kotibi Peskovning so‘zlariga ko‘ra, endi Shoygu Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi va ayni paytda harbiy-sanoat kompleksi komissiyasida Prezident o‘rinbosari bo‘ladi.

“Shoygu bu ish bilan chuqur shug‘ullangan, u aniq korxonalarda harbiy-sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish sur’atlarini juda yaxshi biladi va bu korxonalarga tez-tez borib turadi”, deya tushuntirdi Peskov.

U Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati Mudofaa vazirligidan Prezidentga o‘tkazilayotganini eslatdi.

Peskov Mudofaa vaziri lavozimiga oldin hukumatda iqtisodiy blokni boshqargan Andrey Belousov tayinlanishini tushuntirar ekan, yaqinda xavfsizlik blokining byudjeti 6,7 foizga oshganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya asta-sekin «80-yillarning o‘rtalaridagi vaziyatga» yaqinlashmoqda, o‘shanda xavfsizlik blokiga sarflangan xarajatlar ulushi 7,4% edi.