12-may kuni bo‘lib o‘tgan referendumda ishtirok etgan litvaliklarning 70 foizdan ortig‘i ikki fuqarolikni qo‘llab-quvvatlab ovoz berdi. Referendumda ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning 59 foizi qatnashdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
Konstitutsiyani o‘zgartirish uchun bu yetarli emas: yangi tuzatishni saylov huquqiga ega bo‘lgan barcha Litva fuqarolarining kamida 50 foizi qo‘llab-quvvatlashi kerak. Bundan 5 yil avval o‘tkazilgan huddi shunday referendum ham muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi.
Shu bilan birga, Litva fuqarolari prezidentlik saylovida ham ovoz berishdi. Aksariyat saylovchilarning ovozlari sanab chiqilgach, saylovning ikkinchi turi bo‘lib o‘tishi maʼlum bo‘ldi – mamlakatning amaldagi prezidenti Gitanas Nauseda va bosh vazir Ingrida Shimonite saylovning ikkinchi turiga o‘tishdi. Birinchi turda saylovchilarning 44 foizi Nausedaga, 19 foizi esa Shimonitega ovoz berdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!