Hodisa

Samarqandda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Samarqandda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Kecha, 18-may kuni Samarqand shahrida Nexia-2 rusumli avtomashina haydovchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilihicha, soat 23:00 larda Samarqand shahar “Xo‘jadonyor” MFY hududidan o‘tuvchi I.Karimov ko‘chasida 1991-yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia -2 rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng tomon chetki qismida joylashgan temir ustunga o‘ng yon tomon orqa eshigi bilan urilib YTH sodir qilgan. YTH oqibatida jarohat olganlar mavjud.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.