Keyingi yillarda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani bugun Namangan viloyatida ham o‘z aksini topmoqda.
Ushbu obyektlarda turizm infratuzilmasini yaxshilashga alohida e’tibor berilmoqda. Viloyatda turizm sohasini rivojlantirish, shuningdek turizmning kirish va chiqish turlarini salohiyatini oshirish maqsadida turoperator va turagentlar faoliyatini kengaytirishga ham alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Shu kunlarda Namangan viloyatida bo’lib o‘tayotgan 63-xalqaro “Gullar festivali” doirasidagi ilk xalqaro anjuman “Ipak yo‘li bo‘ylab turizm tarmoqlarini yaratish” mavzusiga bag‘ishlandi.
Ma’lumot uchun, Namangan viloyatiga 2017-yilda 2,3 ming nafar xorijiy, 22,6 ming nafar mahalliy sayyohlar tashrifi kuzatilib, 2,3 mln. dollar miqdoridagi turizm xizmatlari eksporti amalga oshirilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida 2023-yil yakunlariga ko‘ra Namangan viloyatiga xorijiy sayyohlar 159,8 ming nafarga, mahalliy sayyohlar 3,9 mln. nafarga yetkazilib, 138,5 mln. dollar qiymatidagi turizm xizmatlari eksporti amalga oshirildi va 2017 yilga nisbatan 600 barobarga oshirishga erishildi.
Shuningdek, viloyatda 2017-yilda turistlar tashrif buyuradigan 48 ta turizm obyektlari mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilda ularning soni 3marotaba ya’ni 139 taga oshirildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!