Qayd etilishicha, 88 yoshli qirolga Jidda shahridagi shifoxonada shunday tashxis qo‘yilgan, u yuqori isitma va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar tufayli tekshiruv uchun 19-may kuni kasalxonaga yotqizilgan.

“Ikki muqaddas dargoh qo‘riqchisi Jidda shahridagi “As-Salom” qirollik klinikasida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, unda pnevmoniya borligi aniqlandi va shifokorlar yallig‘lanishni to‘xtatish uchun qirol antibiotik terapiyasini olishi kerakligiga qaror qildi”, — deyiladi xabarda.

Bundan avval monarx 24-aprel kuni kasalxonaga yotqizilgandi. O‘shanda u rejali tekshiruvdan so‘ng kasalxonadan chiqarilgan.

Salmon bin Abdulaziz al-Saud Saudiya Arabistoni rahbariyatini 2015-yilning yanvarida qabul qilgan.

Bloomberg ta’kidlashicha, qirolning o‘g‘li va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon al-Saud uzoq vaqtdan beri mamlakatdagi “kundalik ishlarning ko‘p qismini boshqarib keladi”.