Ma’lum qilinishicha, korxona Chuy viloyatining So‘quluq tumanida joylashgan. Zavodda Chevrolet, Daewoo va Isuzu avtomobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Qirg‘iziston va O‘zbekiston 12 xil avtomobil modelini qo‘shma ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
2023-yil 27-yanvarda O‘zbekiston prezidentining davlat tashrifi doirasida Qirg‘izistonda avtomobil va tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangandi. Loyihaga ko‘ra, u uch bosqichda amalga oshiriladi.
- Dastlabki uch yil ichida 10 mingta avtomobil va tijorat avtomobillari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishga 500 kishi jalb qilinadi. Mahalliylashtirish 5-10 foizni tashkil qiladi.
- Ikkinchi bosqichda avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlash quvvatini 20 mingtagacha avtomobil va tijorat avtomobillariga yetkazish nazarda tutilgan. Mahalliylashtirish 15-20 foiz, ish o‘rinlari soni esa 1000 ta bo‘ladi.
- Keyinchalik ishlab chiqarish hajmi 30 mingtagacha yengil va tijorat avtomobillariga, korxonada ishchilar soni esa 2000 kishiga yetkaziladi.