Bahodir Jalolovning imzolangan boks qo‘lqoplari 16-may kuni jurnalist Abror Zohidov tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yilgan edi.
Bu auksionga hissasini qo‘shish uchun Shahram G‘iyosov ham o‘zining imzolangan boks qo‘lqoplarini taqdim etgan.
Auksion yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning eng mashhur ikki bokschilari taqdim etgan qo‘lqoplar 50 million so‘mga sotildi.
Auksiondan tushgan pullar oqqon kasaliga chalingan 13 yoshli Nuraziz Saidovning muoalajalariga sarflanadi.
Avvalroq O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi a’zosi Husayn Norchayevning do‘ppisi 50 millionga sotilgan edi. Bu summa ham bolalar shifoxonasiga xayriya sifatida o‘tkazilishi aytilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!