Yunusobod tumanida kechasi bir guruh shaxslar davlat raqami bòlmagan ekskavator yordamida bir tup safora daraxtini qòporib olgani aniqlandi.
Ekologiya vazirligi ularning shaxsini aniqlashtirish ishlari ketayotgani, daraxt esa tòyintirilgan tuproq qoplamasi yotqizilgan holda qayta ekilgani haqida bayonot bergan edi.
Shundan so’ng, mazkur holat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borildi va daraxt o’g’rilari aniqlandi. Ularga nisbatan 5 sutka qamoq jazosi va jarima belgilandi. Shu bilan birga, 27,8 mln sóm zarar undirib olindi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!