Jamiyat

Onkologik va gemotologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog’lomlashtirishga ko’maklashish jamg’armasi tuzildi

Onkologik va gemotologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog’lomlashtirishga ko’maklashish jamg’armasi tuzildi

Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog’lomlashtirishga ko’maklashish jamg’armasi tashkil etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev qaroriga ko’ra, onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning tirik qolish ko’rsatkichini 2030-yilgacha 60%ga oshirish ko’rib chiqilgan.

«Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko’rsatishni yanada takomillashitirish chora tadbirlari to’g’risida»gi prezident qarori imzolandi.

Qarorga muvofiq, quyidagi bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasini rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilandi:

– 2030-yilgacha onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning omon qolish darajasini 60 foizga oshirish;

– gemopoetik o’zak hujayralari va suyak ko’migi hujayralarini transplantatsiya qilishni rivojlantirish;

– bemor bolalarni zarur dori vositalari va tibbiy buymlar bilan uzluksiz ta’minlash.

Ma’lumot uchun, bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazini Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmi-amaliy tibbiyot markaz (Markaz) etib qayta nom berildi.

Markaz huzurida Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog’lomlashtirishga ko’maklashish jamg’armasi tashkil etildi.

2024-yil 1-iyuldan onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha bo’lgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar belgilangan tibbiyot markazlarining bolaalr gematologiyasi va onkologiyasi bo’limlarida, shu bilan birga, ular voyaga yetgunlariga qadar bu kasallik bo’yicha tibbiy yordam ko’rsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida ham bepul davolanishni davom ettiradi.