Uchrashuvda tomonlar nimalarni muhokama qilgani haqida ma’lumot berilmagan. Haniya bilan uchrashuv aks etgan suratlar Afg‘oniston tashqi ishlar vaziriligi rasmiysi Hofiz Ahmad tomonidan e’lon qilingan.

“Tehronda iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Abdul G‘ani Barodar va tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy HAMAS siyosiy idorasi rahbari Ismoil Haniya bilan uchrashgan”, — deyiladi xabarda.

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida ishtirok etish uchun Eronga 13 ta davlatdan 15 nafar davlat rahbari va yuqori martabali amaldorlar kelgan. Qatar amiri, Turkmaniston milliy rahbari, Tunis va Tojikiston prezidentlari, Iroq, Pokiston, Armaniston, Qatar, Ozarbayjon bosh vazirlari, Iroq, Rossiya, Jazoir, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Livan parlamentlari raislari tashrif buyurgan.

“Tolibon” Eron prezidenti va uning hamrohlari vafot etgani munosabati bilan birinchilardan bo‘lib hamdardlik bildirgan. Afg‘oniston do‘st va birodar Eron xalqini qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlangan.