Jahon

Yaponiya Rossiya kompaniyalariga sanksiya e’lon qildi

Yaponiya Rossiya kompaniyalariga sanksiya e’lon qildi

Yaponiya sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiyadan 9 ta kompaniya va bir nafar jismoniy shaxs qo‘shildi. Bu haqda Yaponiya moliya va tashqi ishlar vazirliklari bayonotida ma’lum qilindi.

Bayonotga ko’ra, Yaponiya tomoni mamlakatdagi 2 ta kompaniyani Rossiya Federatsiyasi va Belarus bilan aloqadorligi borligini taxmin qilmoqda.

“Rossiyaning Shimoliy Koreyadan qurol sotib olishiga kelsak, Yaponiya buni BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarining tegishli qoidalarini buzilishi, deb hisoblaydi. Bu esa Ukrainadagi vaziyatning yanada yomonlashishiga zamin yaratadi”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Yaponiya tomonidan “Davlat aviakompaniyasi 224 Flight Squad” OAJ bosh direktori Vladimir Mixeychikga nisbatan sanksiyalar joriy etildi, shuningdek, Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan “IBEX Shipping” va “Asia Shipping Holding” transport kompaniyalari ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

Modomiki Yaponiyada yuqorida tilga olingan kompaniya va jismoniy shaxslarning aktivlari aniqlansa, ular muzlatiladi. Shuningdek, ushbu yuridik va jismoniy shaxslarga to‘lovlarni amalga oshirish uchun Yaponiya hukumatining maxsus ruxsati talab qilinadi.