O‘zbekiston, Siyosat

Chiqindilarni qayta ishlab, energiya olish borasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Chiqindilarni qayta ishlab, energiya olish borasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va Xitoyning “Shanghai SUS Environment” chiqindilarni boshqarish sohasidagi kompaniyasi raisi Zishen Long o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va «Shanxay SUS Environment» kompaniyasi o‘rtasida chiqindilardan energiya ishlab chiqarish loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘z navbatida, Zishen Long bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga ijobiy baho berib, kompaniya muammolarni hal etishga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, «Shanxay SUS Environment» qattiq maishiy chiqindilarni yoquvchi zavodlarning eng yirik yetkazib beruvchisi va Xitoyda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishning integratsiyalashgan tizimlari yetakchi ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

Katta tajriba va ilg‘or texnologiyalarga ega bo‘lgan kompaniya qattiq maishiy chiqindilardan energiya ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalarga sarmoya kiritadi, quradi va ulardan foydalanadi.