Jahon

Lukashenko Raisiyning o‘limida AQSHni aybdor deb biladi

Lukashenko Raisiyning o‘limida AQSHni aybdor deb biladi

Ibrohim Raisiyning o‘limida AQSH aybdor. Chunki Qo‘shma Shtatlarning Eronga qarshi sanksiyalar siyosati Raisiyning vertolyotiga xizmat ko‘rsatishni taqiqlagan. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko kecha, 24-may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi. 

“Prezident sifatida emas, shaxs sifatida shuni aytamanki, Qo‘shma Shtatlarning qabih, jirkanch pozitsiyasi bunga olib keldi. Men birinchi navbatda sanksiyalarni nazarda tutyapman. Bu yaramaslar odamlarni tashiydigan kemalar, samolyotlar, vertolyotlarga qarshi sanksiyalar qo‘llashga haqlari yo‘q edi”, deydi Lukashenko.

Uning ta’kidlashicha, Vashington o‘z kompaniyalariga sanksiyalar ostidagi mamlakatlarning texnikalariga xizmat ko‘rsatishni taqiqlab qo‘ygan.

“Bu ham ularning aybi”, deb hisoblaydi Belarus fuqarosi.

Lukashenko AQSH uning samolyotiga ham sanksiyalar kiritganini eslatdi.

“Ularning hammasi imonlilardir. Xo‘sh, agar ular dindor bo‘lsalar, kutishsin. Xudo ularga javob yuboradi. Men tasavvufchi emasman, lekin vaqti keladi, buning uchun hammasi javob beradi, to‘liq javob beradilar, u yerda okean orqasiga yashirinmaydilar”, deydi Lukashenko.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, Raisiy oddiy, mehribon inson bo‘lib, ochiq, halol muloqot o‘tkazgan, o‘z davlatini rivojlantirish va o‘z xalqi manfaatlarini himoya qilish haqida qayg‘urgan.

“Menimcha, Eron u yerda nima bo‘lganini aniqlay oladigan davlat”, deya qo‘shimcha qildi Lukashenko.