O‘zbekiston, Sport

O’zbekiston sportchilari Yaponiyada bo’lib o’tgan Jahon chempionatida 13ta medalni qo’lga kiritdi

O’zbekiston sportchilari Yaponiyada bo’lib o’tgan Jahon chempionatida 13ta medalni qo’lga kiritdi

O’zbekiston paraatletlari Yaponiyada bo’lib o’tgan Jahon chempionatida 13ta medalni qo’lga kiritdi.
Yaponiyadagi Kobe shahrida o’tkazilgan paraatletika bo’yicha jahon chempionatida o’zbekistonlik sportchilarimiz tarixiy natijaga erishdi.

15-may kuni Yaponiyaning Kobe shahrida boshlangan para yengil atletika bo’yicha jahon chempionati o’z yakuniga yetgani haqida Milliy paralimpiya qo’mitasi xabar berdi.

Dunyoning 103 ta mamlakatining paraatletlari ishtirok etgan musobaqada O’zbekiston terma jamoasi 13 ta medal, ya’ni 7 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg’ardi.

Umumjamoa hisobida Xitoy va Braziliyadan keyingi 3-o’rinni egalladi.

Bu hodisa O’zbekiston paralimpiya tarixida birinchi martta sodir bo’lmoqda. Milliy paralimpiya jamoasi bundan oldingi 2 ta jahon chempionatida 10-9-o’rinlarni egallagan.

Bundan tashqari, Nurxon Qurbonova va Asila Mirzayorova o’z yo’nalishlarida jahon rekordlarini yangiladi.

G’olib va sovrindorlar ro’yxati:

Oltin
Qudratullaxon Ma’rufxo’jayeva — yadro uloqtirish; Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev — disk uloqtirish;
Xusniddin Norbekov — yadro uloqtirish;
Nurxon Qurbonova — nayza uloqtirish;
Asila Mirzayorova — uzunlikka sakrash;
Yoqutxon Xolbekova — uzunlikka sakrash;
Safiya Burxanova — yadro uloqtirish;

Kumush
Boburjon Omonov — yadro uloqtirish;
Dilafruz Ahmadxonova — yadro uloqtirish;
Kubaro Hakimova — yadro uloqtirish;
Mohigul Hamdamova — disk uloqtirish;

Bronza
Ma’rufjon Murodulloyev — 400 metrga yugurish;
Nurxon Qurbonova — yadro uloqtirish.