Iqtisod, O‘zbekiston, Yangiliklar

Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshiradimi?

Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshiradimi?

27-may kuni Rossiya va O’zbekiston prezidentlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar paytida Rossiya rahbari qo‘shni Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini sezilarli darajada oshirishga tayyor ekanligini bildirgan.

Rossiya gazining O‘zbekiston hududiga yetkazilishi 2025-yilda 11 milliard kubometrga chiqishi rejalashtirilganligini aytib o‘tdi.

Putinning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Rossiya axborot agentliklarining bayonotiga ko‘ra, hozirda “ Markaziy Osiyo —Markaz” o‘tkazish qobiliyatini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, bu kelgusi yilda O‘zbekistonga chiqariladigan gaz hajmini 11 milliard kubometrgacha oshirish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, “Markaziy Osiyo —Markaz” quvuri orqali gaz yetkazib berish 2023-yil oktyabr oyida boshlangan.
Qozog‘iston Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil davomida Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti 1,28 milliard kubometrni tashkil qilgan. 2024-yilda 3,8 milliard kubometr o‘tishi kutilmoqda.