Jahon

Ularni yo’q qiling – Nikki Xeyli Livanni bombardimon qilishni so’radi

Ularni yo’q qiling – Nikki Xeyli Livanni bombardimon qilishni so’radi

Nikki Xeyli Isroilga Livanni «tugatishini» so’radi.

Prezidentlik poygasidan chiqqan AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Nikki Xeyli Isroilga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Arab News. Mamlakat shimoliga safari chog’ida u o’sha yerda joylashgan harbiylarni borib ko’rdi va Livanga qaratilgan snaryadlardan biriga yozuv qoldirdi.

«Ularni tugating», deb yozgan AQShning BMTdagi sobiq vakili. Sayohatda Xeyliga Isroilning AQShdagi sobiq elchisi Denni Danon hamrohlik qildi. “Ularni tugating. Buni mening do‘stim, AQShning BMTdagi sobiq elchisi yozgan”, — deb o‘rtoqlashdi u ijtimoiy tarmoqlarida.

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzodni aniqlash uchun praymerizda qatnashgan Xeyli Trampga ovoz berishini aytib, saylovdan voz kechdi, Tramp esa o’z navbatida unga mamlakat vitse-prezidenti lavozimini va’da qildi.