Ilm-fan, Jamiyat

«Yosh ziyokor» nodavlat taʼlim tashkilotlari uyushmasi hamda yana bir xususiy universitet o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

«Yosh ziyokor» nodavlat taʼlim tashkilotlari uyushmasi hamda yana bir xususiy universitet o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

«Yosh ziyokor» nodavlat taʼlim tashkilotlari uyushmasi hamda yana bir xususiy universitet o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Kecha, 28-may kuni «Yosh ziyokor» nodavlat taʼlim tashkilotlari uyushmasi hamda yaqinda faoliyat boshlagan «OXUS university» oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

«OXUS university» xususiy taʼlim tashkiloti taklifiga binoan bo’lib o’tgan uchrashuvdan nodavlat xususiy ta’lim tashkilotlari, xususiy universitetlarni birlashtirish orqali yagona bitta kuchga ega bo’lish asosiy maqsad qilib olindi.

Uchrashuv davomida nodavlat ta’lim tashkilotlarining ta’lim sohasidagi olib borilayotgan faoliyati va kelajakda «OXUS university» bu borada nimalar qilishi mumkinligi muhokama qilindi.

Yaqindan tanishuv so’nggida «Yosh ziyokor» nodavlat taʼlim tashkilotlari uyushmasi hamda «OXUS university» oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.