Iqtisod

Biznesni rivojlantirish banki ATB matbuot anjumani

Biznesni rivojlantirish banki ATB matbuot anjumani

“Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan “Kichik biznes rivoji uchun sarmoyalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

29-may kuni Milliy matbuot markazida “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan “Kichik biznes rivoji uchun sarmoyalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Unda bank Boshqaruvi rahbariyati, tarkibiy tuzilmalar masʼul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 306-sonli Qaroriga asosan “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan 2023-2026-yillarda “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish belgilanganligini taʻkidlandi.

“Biznesni rivojlantirish banki” Bankining tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatayotgan bank xizmatlari natijasida joriy yil davomida bank mijozi boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan 19 740 ta yangi ish oʻrni yaratilgani maʻlum qilindi.