«Bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari va xo’jalik yurituvchi subyektlarni jalb etgan holda belgilangan stansionar bolalar sog’lomlashtirish oromgohlari negizida quyidagi mexanizmlar orqali o’zaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi:
- oromgohlar hududining bur qismida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlar va yer uchastkalarining bir qismi 15 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
- oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash starting bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda foydalanish uchun 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
- oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash, shuningdek yozgi mavsum paytida oromgohlar tashkil etish sharti bilan oromgohlar bino-inshootlar va yer uchastkalarini 10 yilgacha muddatda hamkorlarga ijaraga berish.
Bunda nazarda tutilgan hamkorlik loyihalari O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar asosida hamkorlarga «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi.
Shu bilan birga, belgilangan oromgohlarning bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda hamkorlarga ijaraga berish orqali ularni o’zini o’zi moliyalashtirish tizimiga o’tkaziladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!