Jamiyat, Jinoyat

Bo‘stonliq tumanida 6 kg sintetik giyohvandlik vositasi topildi

Bo‘stonliq tumanida 6 kg sintetik giyohvandlik vositasi topildi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida avtomabil ehtiyot qismi ichidan sintetik giyohvandlik vositasi aniqlangan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

“Qora dori 2024” tezkor profilaktik oyligi doirasida Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan tadbirda 33 yoshli fuqaro M. I gumonlanib tekshirilgan.

Tezkor tekshiruv jarayonida gumonlanuvchi shaxs yonida bo‘lgan avtomabil ehtiyot qismi (reduktor) tekshirilganda, 12 ta o‘ramdagi, qora bozordagi taxminiy narxi 4 milliard 800 million so‘m bo‘lgan 6 kg sintetik giyohvandlik vositasi topilgan.

Gumonlanuvchi shaxs turar joyi IIBB xodimlari tomonidan tekshirilganda, sintetik vositalarni qadoqlash va tarqatish uchun kerakli vositalar aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganda,topilgan giyohvandlik vositalari Telegram bot orqali Qirg‘izistondan vodiy viloyatlariga yetkazib berilgani aniqlangan.

Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish / 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.