Iqtisod

“Tashkent City” dagi binolar ham sotuvga qo‘yildi

“Tashkent City” dagi binolar ham sotuvga qo‘yildi

Poytaxtimizdagi ko‘p qavatli binolar sotuvi davom etmoqda. Toshkent International mehmonxonasidan so‘ng, “Tashkent City”dagi uchta yirik bank binosi ham sotuvga qo‘yildi. “KPMG” kompaniyasi savdo jarayonlariga konsultant etib belgilangan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Asakabank” AJ, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va AT “Aloqabank”ga tegishli yangi ko‘p qavatli binolar ommaviy savdolar orqali sotilishini e’lon qilgan.

Sotuvga qo‘yilgan bu uch bino “premium toifadagi bank ofis binolari” hisoblanib, jami 339 million dollarga baholangan.

“O‘zsanoatqurilishbank”obyekti 137 million dollar, “Asakabank” 102 million dollar, “Aloqabank” 100 million dollarga baholangan. Ushbu loyihalarga banklar o‘z mablag‘larini kiritgan.