Jahon

Eronda prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Eronda prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Kecha, 30-may kuni Eronda Islom Respublikasida navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi. Prezident Ibrohim Raisi aviahalokatda vafot etgani sababli saylovlar muddatidan oldin o‘tkazildi.

ISNA agentligining xabar berishicha, barcha nomzodlar taqdim etilganidan keyin Konstitutsiya qo‘riqchilari kengashi ularni ko‘rib chiqadi va prezidentlik uchun kurashadigan shaxslar ro‘yxatini tasdiqlaydi. Yakuniy ro‘yxat 11-iyun kuni eʼlon qilinadi.

Saylovoldi tashviqoti 27-iyunda tugaydi, ovoz berish 28-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Agar birinchi raundda hech kim g‘alaba qozona olmasa, ikkinchi davra roppa-rosa bir haftadan keyin bo‘lib o‘tadi.