Jahon

G‘azo 238 kundan buyon bombalanmoqda

G‘azo 238 kundan buyon bombalanmoqda

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 238 kun bo‘ldi.

Bosqinchilar Nuseyrat, Bureyj va Rafah lagerlariga hujum qildilar. Kun davomida bosqinchilar 5 marta qirg‘in qilishdi, 53 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 36 224 falastinlik shahid bo‘ldi, 81 777 nafari yaralandi.

▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Shyafat, Ramallah va Nablus lageriga bostirib kirishmoqda. Nablusda qarshilik kuchlari bosqinchilar bilan shiddatli jangga kirishdi.

▪️Al-Qassam brigadalari Rafaksda 8 nafar bosqinchini yo‘q qildi.

▪️Nuseyrat lagerida bosqinchilar xayriya tashkilotining 3 nafar xodimi bo‘lgan mashinani portlatib yuborishdi. Hamma vafot etdi.

▪️G‘azoda yettita ommaviy dafn etilgan joy topildi. Shifa kasalxonasining o‘zida uchta ommaviy ko‘milgan, shu jumladan 30 boshi kesilgan jasadlar aniqlangan.

▪️20 kunlik qamaldan so‘ng bosqinchilar G‘azo shimolidagi barcha hududlarni tark etishdi. Tal al-Zaatara, Bayt Lahiyya, Bayt Xanyna hududlari natsistlardan ozod. G‘azo fuqarolik mudofaasi vayronalar ostidan shahidlarning jasadlarini olib chiqmoqda.

▪️To‘rtinchi kundirki, Parijda Falastin tarafdorlari keng ko‘lamli norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda. Geometrik progressiyada odamlar soni ortib bormoqda. Odamlar: «G‘azo, Parij sen bilan», «Isroil – qotil» deb hayqirmoqda.