Jahon

Tramp Nyu York sudida aybdor deb topildi

Tramp Nyu York sudida aybdor deb topildi

Hakamlar hay’ati AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni sobiq kattalar kinoaktrisasi Stormi Denielsga to’langan to’lovlar bo’yicha 34 ta soxtalashtirishda aybdor deb topdi.

Muhokamalarning birinchi kunida hakamlar hay’ati to’rt soatdan ko’proq vaqt davomida muhokama qildi. Sud majlislari 30-may kuni ham davom etdi. Barcha 12 sudyaning shaxsi sir saqlangan. Sobiq prezident hech qanday moddada aybini tan olmadi.

Ikki kunlik muhokamadan so‘ng 12 sudya a’zosi Trampni barcha 34 ta band bo‘yicha aybdor deb topganini e’lon qildi. 77 yoshli Tramp apellyatsiya berishi kutilmoqda.

U eng ko’p to’rt yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin, garchi jinoyatda ayblangan boshqalar ko’pincha qisqaroq jazo, jarima yoki sinov muddatini oladi. Qamoq jazosi uning saylovoldi tashviqotini olib borishiga yoki g‘alaba qozonishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodning oʻzi qarorga quyidagicha izoh berdi: “Mening fuqarolik huquqlarim bu oʻta siyosiy, konstitutsiyaga zid, saylovlarga toʻsqinlik qiluvchi jodugar ovi tufayli butunlay poymol qilindi. Butun dunyoda omadsiz xalqimizni ustidan kulishyapti!”

Gap Tramp saylovoldi tashviqotini olib borgan 2016-yilgi davrga tegishli. Tergov ma’lumotlariga ko’ra, uning advokati Maykl Koen Danielsga ma’lumotni oshkor etmaslik to’g’risidagi shartnomani imzolash evaziga 130 ming dollar o’tkazgan.

AQShning sobiq prezidentining Trump Organization kompaniyasi hujjatlarda bu miqdorni yuridik to’lovlar uchun mablag’ sifatida ko’rsatgan. Tergovchilar bu moliyaviy hujjatlarni ataylab qalbakilashtirish, deb hisoblamoqda.

Tramp o’zining sud jarayonini «siyosiy ta’qib» va u ishtirok etish niyatida bo’lgan 2024-yilgi prezidentlik saylovlariga aralashish deb hisoblaydi.