Bugun, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan hududlardagi istirohat bog‘lari, ko‘ngilochar maydonlar atrofidagi yo‘llarda transport vositalarining tirbandligi kuzatilmoqda.
Toshkent shahar IIBB YHXB harakat xavfsizligini ishonchli ta’minlash, tirbandliklar oldini olish maqsadida fuqarolardan saylgohlar hamda bog‘larga tashrif buyurishda imkon qadar jamoat transportidan foydalanishni, shaxsiy transport vositasini atrofdagilarga xalaqit beradigan joylarda, yo‘l harakati qoidalariga zid ravishda to‘xtatmaslikni va qoldirib ketmaslikni so‘radi.
Yo‘llarda, tadbirlar bo‘lib o‘tayotgan saylgohlar atrofida harakat xavfsizligini ta’minlash uchun YPX xodimlari xizmatga jalb etilgan.
“Asosiy maqsadimiz, bugungi bayram tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda va xavfsiz o‘tishini ta’minlashdir!” – deyiladi YHXB xabarida.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!