Jinoyat

“Baxti Tashkentskiy”ning sudi boshlandi

“Baxti Tashkentskiy”ning sudi boshlandi

“Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevning sudi boshlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va uning guruhida bo‘lgani aytilgan 36 nafar shaxsga nisbatan ochilgan jinoyat ishi doirasidagi sud ishi boshlandi.

Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchilarning ko‘pligi ortidan ularning qarindoshlari va mahalliy ommaviy axborot vositalarining sud zaliga kirishida muammolar yuzaga kelgan.

Ayni vaqtda sud majlisida 38 nafar advokat qatnashmoqda. Sud majlisiga raislik qilayotgan Shayxontohur tuman sudining raisi T. Obidov har bir sudlanuvchidan himoyachi olgan olmagani, himoyachisi kimligi, himoyachiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, davlat hisobidan himoya bilan ta’minlash masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar B. Qudratullayev, Sh. Kurbanov, B. Zafarov, Sh. Rahimov, A. Xodjayev, D. Sharipov, A. Mirzaxanov, Sh. Sulaymonqulov, A. Norkulov, S. Xatamov, N. Jumaniyazova, R. Shakurov, Sh. Qudratullayev, T. Turmonov, F. Vapayev, M. Nasirxodjayev, D. Mo‘minxo‘jayev, M. Usmonboyev, M. Shodmanov, B. Xudayarov, A. Mashrafxanov, V. Kurbanov, A. Maxamadiyorov, A. Djurayev, B. Bakayev, I. Qudratullayev, A. Aliyev, J. Soliyev, A. Tursunboyev, B. Narmirzayev, F. Kamalov, M. Mirzoyev, N. Bagadirov, A. elyov, M. Kurbanov, O. Islamov va M. Ibadullayev Jinoyat kodeksining 104, 109, 138, 165, 168, 228, 242, 243, 273, 276 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

36 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” va 1 nafariga “garov“ tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan. Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra mazkur jinoyat ishi doirasida 46 nafar jabrlanuvchi va 70 nafar guvoh aniqlangan.