Jamiyat, Jinoyat

Ijtimoiy tarmoqda viloyatliklarni haqorat qilgan qiz qamoqqa olindi

Ijtimoiy tarmoqda viloyatliklarni haqorat qilgan qiz qamoqqa olindi

Poytaxtning Yashnabod tumanida istiqomat qiluvchi 21 yoshli qiz viloyatliklarni haqorat qilganligi bois ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Tarqalgan vedio manbaga ko‘ra, ayblanuvchi 2024-yil 2-iyunda tanishlari bilan Yakkasaroy tumanida joylashgan Seoul-Mun dam olish joyiga borgan va  o‘zini tasvirga olgan holda viloyatliklarni hech qanday sababsiz haqorat qilgan. Tasvirni esa o‘zining instagram tarmog‘iga joylagan.

Holat yuzasidan, Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilgan. Ayblanuvchining sodir etgan ushbu xati-harakati yuzasidan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunning 286- moddasi tartibida qamoqqa olinib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.