Jahon

Tojikiston sobiq terrorchilarni reintegratsiya qilish dasturini ishlab chiqmoqda

Tojikiston sobiq terrorchilarni reintegratsiya qilish dasturini ishlab chiqmoqda

Tojikiston hukumati sobiq terrorchilarni jamiyatga qaytarish dasturi ustida ishlamoqda. 31-may kuni Prezident Rahmon boshchiligidagi hukumat majlisida “2024-2028-yillarga moʻljallangan Tojikiston Respublikasida ekstremistik yoki terrorizmga mansub shaxslarni reabilitatsiya qilish va reintegratsiya qilish dasturi toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi muhokama qilindi.

2018-yildan keyin Tojikiston hukumati Suriya va Iroqdan 4 yildan 10 yilgacha IShID nazorati ostidagi hududlarda yashagan 300 dan ortiq ayol va bolani Tojikistonga qaytardi. Mutaxassislarning ishonchi komilki, ularning barchasi ijtimoiy va psixologik reabilitatsiyadan o’tishi kerak. Kelajakdagi dastur tafsilotlari hali e’lon qilinmagan.