Zelenskiy Yaqin Sharqdagi mojaroga barham berishda Ukraina qo‘lidan kelgan hamma narsani qilishi, mamlakat xalqaro huquq va BMT nizomini hurmat qilishini ta’kidladi.

“Ukraina, agar HAMAS jangchilari Isroilning tinch aholisiga hujum qilgan bo‘lsa, Isroil o‘zini himoya qilish huquqiga ega ekanini aytgan”, dedi u.

Shuningdek, Ukraina prezidenti Isroil harbiylari G‘azo sektoriga kirgach va gumanitar inqiroz yuzaga kelgach, Ukraina G‘azoga gumanitar yordam ko‘rsatmoqchi bo‘lganini eslatdi. Bundan tashqari, Ukraina mintaqada xalqaro huquq normalarini hurmat qilish muhimligini bildirdi.

“Ukraina ham Isroilni, ham Falastinni davlat sifatida tan oladi va ushbu mojaro yakunlanishi hamda tinch aholi jabr ko‘rmasligi uchun Isroilni to‘xtatish maqsadida qo‘lidan kelgan barcha narsani qiladi”, — dedi Ukraina rahbari.

Ukraina Falastinni hali SSSR tarkibida bo‘lgan 1988-yilda tan olgan. Ukraina va Falastin o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 2001-yil 2-noyabrda, Kiyevda Falastin elchixonasi ochilganida o‘rnatilgan.