Livanning Hizbulloh jangchilari Burkan raketalarini Isroil armiyasiga qarshi so’nggi to’qnashuvlarda ishlatmoqda.
Hizbullohning Isroil shimolida davom etayotgan “qasos zarbalari” kuchli o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqardi. Hozirda aholi punktlari aholisi zudlik bilan evakuatsiya qilinmoqda.
Tasvirda yong‘in Isroil aholi punktlariga juda yaqin kelganini ko‘rish mumkin. Isroilliklar uchun mavjud bo‘lgan maxsus jihozlar yong‘inga bardosh bera olmayapti. Hozirda aholi punktlari aholisi zudlik bilan evakuatsiya qilinmoqda.
O‘tgan haftada “Hizbulloh” jangarilari Isroilning 90 million dollarlik radar stansiyasini yo‘q qilgani xabar qilingan edi. Qayd etilishicha, ballistik raketalarni blokirovka qilish uchun Isroil mudofaa tizimining muhim qismi bo‘lgan EL/M-2080 Green Pine radarlari zarar ko‘rgan.
Burkanning nisbatan qisqa masofasi Isroilning «Temir gumbaz» havo mudofaa tizimi raketani yo’q qilish uchun kinetik tutib olishni qiyinlashtiradi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!