Ijtimoiy tarmoqlarda 2024-yilning 16-22-may kunlari Toshkent shahrining Yunusobod tumani Sayilgoh ko‘chasi 1-uy manzili bo‘yicha hududdagi daraxtlar ko‘chirib ketilayotgani aholining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, olib borilgan surishtiruv ishlarida “M. M. ” MCHJ tomonidan sog‘lom o‘sib turgan jami 53 tup qimmatbaho navli ko‘p yillik daraxtlar (eman, qarag‘ay, aylantus va boshqalar) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 22- avgustdagi “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foudalanish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 464- son qarori talablariga zid ravishda ko‘chirib olib ketilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan daraxtlarni noqonuniy kesgan shaxslar va bunga imkoniyat yararib bergan mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!