Madaniyat

Mo‘ynoqda ekstremal turizm yo‘lga qo‘yiladi

Mo‘ynoqda ekstremal turizm yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 3-iyun kuni hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash, turistlar oqimin ko‘paytirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

Prezident O‘zbekistonda ham Turkiyaning Kappadokiyasidagi kabi havo sharlari hududini yaratish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi. U Mo‘ynoq aeroportida parashyutdan sakrash tizimini yo‘lga qo‘yish mumkinligini ta’kidladi. Shuningdek, ekalogiya, transport, mudofaa vazirlariga 1 oy muddatda 2 ta hududni tanlab ekstremal turizmni rivojlantirish vazifasini zimmasiga yukladi.

Ekstremal turizmni rivojlantirishga hissasini qo‘shayotgan Toshkent viloyatining Parkent tumanida istiqomat qiluvchi tadbirkor 2023-yilda 2 ta havo shari hamda 10 ta deltaplan va paraplanlar bilan 100 ming sayyohni jalb qilgan. Bo‘stonliq, Parkent va Aydarko‘llik yana 10 nafar tadbirkor ekstremal turizmni rivojlantirish istagida ekanligini ma’ lum qilgan.

“Mo‘ynoq aeroportida ham parashyutdan sakrash va havo dayvingi ekstremal turizmni rivojlantirish mumkin. Buning uchun Turkiyaning Kappadokiyasiga o‘xshash alohida havo hudududi bo‘lishi kerak. Kappadokiyada 2023-yilda havo sharlari 600 ming sayyohga xizmat ko‘rsatilib, 100 million dollar daromad olingan”, — dedi davlat rahbari.