Jahon

Sloveniya parlamentida Falastin bayrog‘i ko‘tarildi

Sloveniya parlamentida Falastin bayrog‘i ko‘tarildi

Sloveniya parlamenti Falastin davlatini tan olgach, ushbu davlat bayrog’ini ko’tardi.

Sloveniya Tashqi ishlar vaziri Tanya Fajon tarixiy kunni boshdan kechirayotganliklarini, Sloveniya Falastinni davlat sifatida rasman tan olgan 147-davlat bo’lganini qayd etdi.

«Biz tarixning to’g’ri tomonidamiz, doimiy tinchlik uchun ikki davlat yechimiga hissa qo’shmoqdamiz», – deb yozgan Fion ijtimoiy tarmoq X sahifasida Falastin davlatining tan olinishi mamlakatning tinchlik va adolatga sodiqligining bir ko’rinishi ekanligini ta’kidladi.

Sloveniya Falastin davlatini rasman tan oldi.

O’tgan hafta Sloveniya hukumati Falastin davlatini tan olish masalasini muhokama qilish uchun yig’ilish o’tkazdi.

Bosh vazir Robert Golob yig’ilishdan so’ng bergan bayonotida, xalqaro huquq va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi (BMT) tegishli qarorlari asosida 1967-yil chegaralari ichida Falastinni mustaqil va suveren davlat sifatida tan olishga qaror qilganliklarini bildirdi.

Golob, shuningdek, bu qaror parlament e’tiboriga havola etilishini aytib, deputatlardan uni qo’llab-quvvatlashni so’radi.

Eslatib o’tamiz, Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya ham 28 may kuni Falastinni rasman tan olishga qaror qildi.