Jahon

Turkiya Yevropaga gaz yetkazib beradi

Turkiya Yevropaga gaz yetkazib beradi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g’an vazirlar mahkamasing yig’ilishida, endilikda Turkiya Bolgariya, Vengriya va Ruminyaga tabiiy gaz yetkazib berishini e’lon qildi.

«BOTAS kompaniyasi gazni Bolgariya, Vengriya va Ruminiyaga eksport qilishni boshladi. Biz birinchi marta qo‘shni bo‘lmagan Yevropaning ikki davlatiga gaz eksport qilmoqdamiz», — dedi Erdo‘g‘an murojaatida.

Turkiya orqali Yevropaga gaz yetkazib berish haqidagi kelishuvlar o’tgan yili imzolangan edi. Prezidentning ta’kidlashicha, gazni Yevropaga eksport qilish Turkiyaning global energiya savdosiga qaytish maqsadiga erishish yo’lidagi «katta qadam».

Bu borada Ruminyaga energiya yetkazib berish o’tgan yilning oktabr oyida, Bolgaryaning esa aprel oyida boshlangan. Vengriyaga yetkazib berish 2024-yil aprel oyida boshlangan.