Jahon

Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi BMT maktabiga zarba berdi

Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi BMT maktabiga zarba berdi

Kecha, 6-iyun kuni Isroil harbiylari G‘azo sektori markazidagi BMT maktabiga havo hujumi uyushtirgani oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Falastin sog‘liqni saqlash idorasi xabar berdi. 

Isroil mudofaa kuchlari 7-oktyabr kuni Isroilga hujumda ishtirok etgan HAMAS jangchilari maktabdan boshpana sifatida foydalanganini iddao qilmoqda.

HAMAS matbuot xizmati Isroilning tushuntirishini rad etdi va Isroil kuchlari ko‘chirilgan odamlarga qarshi «shafqatsiz jinoyat» sodir etganini aytdi.

Hujum Nusayratdagi BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligiga qarashli maktabga qaratilgan.