Jahon, O‘zbekiston

Janubiy Koreya rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Janubiy Koreya rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Janubiy Koreya rahbari Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Seok Yol 10-15 iyun kunlari davlat tashrifi bilan Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘ladi.

Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk Yol kelasi hafta davlat tashrifi bilan Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonga boradi. Bu haqda juma kuni Janubiy Koreya yetakchisining idorasi ma’lum qildi.

Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi birinchi oʻrinbosari Kim Tae Xening soʻzlariga koʻra, Yun dushanba kuni birinchi xonim Kim Keon Xi hamrohligida olti kunlik safarini boshlaydi va 15-iyunga qadar Markaziy Osiyoning uchta davlatiga tashrif buyuradi, deb xabar qildi Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi.

“Qadimgi Ipak yoʻlining markazi boʻlgan Markaziy Osiyo Yevropa va Osiyoni bogʻlovchi strategik nuqtadir”, — dedi Kim matbuot anjumanida. “Ukrainadagi urush va Yaqin Sharqdagi mojaro kabi omillar ta’sirida global polikqiroz kengaygani sari mintaqaning strategik ahamiyati yanada ortib bormoqda”.

Prezident Qosim-Jomart Tokayevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sek Yol 11-13 iyun kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi. Bu haqda Oqorda matbuot xizmati xabar berdi.

Matbuot xizmati xabariga koʻra, davlat rahbarlari muzokaralar oʻtkazadi va Qozogʻiston-Koreya biznes-forumida ishtirok etadi. Tashrif doirasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi.