Jahon

Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyunga toʻgʻri keladi

Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyunga toʻgʻri keladi

Hariyq mintaqasida yangi oy – Zulhijja hiloli koʻrindi. Saudiya Arabistoni Oliy Mahkamasi tomonidan 7-iyun, juma kunidan 1445 hijriy yilning Zulhijja oyi boshlanishi e’lon qilindi. Zulhijja oyining 10-sanasi, ya’ni Qurbon hayiti bayramining birinchi kuni esa 16-iyunga toʻgʻri keladi.

Saudiya Arabistonidagi Hariyq mintaqasida Zulhijja hiloli koʻrindi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Oliy Mahkamasi rasman e’lon qildi.

Shunga muvofiq, Saudiya Arabistoni Oliy Mahkamasi ertaga, 2024-yil 7-iyun, juma kunidan 1445 hijriy yilning Zulhijja oyi boshlanishini e’lon qildi.

2024-yilning 15-iyuni – Arafa kuni, 16-iyunʻ esa Qurbon hayitining birinchi kuniga toʻgʻri keladi.