Malʻdiv orollari hukumati 2-iyun kuni sionistlarning falastinliklarga nisbatan genotsidi tobora avj olayotgani fonida Isroil fuqarolarining boshqa mamlakatga kirishi taqiqlandi. Oʻzining plyajlari va hashamatli kurortlari bilan mashhur boʻlgan kichik Osiyo davlati isroilliklar uchun «eshigini yopgan» oʻndan ortiq mamlakatlar qatoriga qoʻshildi. Qaysi davlatlar isroilliklarga oʻz hududiga kirishni taqiqlagan?
2-iyun kuni Mal’div orollari hukumati sionistlarning falastinliklarga nisbatan genotsidi tobora avj olayotgani fonida Isroil fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqladi. Bu haqdagi Vazirlar Mahkamasi qarori Isroil fuqarolarining Malʻdivga kirishini taqiqlash boʻyicha zarur qonunlarga oʻzgartirishlar kiritish, hukumat tarkibida bu harakatlarni nazorat qiluvchi qoʻmita tashkil etishni oʻz ichiga oladi.
Ayni paytda bosqinchi davlat pasporti egalari ushbu dam olish hududlariga sayohat qilish imkoniyatidan mahrum boʻlishdi. Oʻzining plyajlari va hashamatli kurortlari bilan mashhur boʻlgan kichik Osiyo davlati isroilliklar uchun «eshigini yopgan» oʻndan ortiq mamlakatlar qatoriga qoʻshildi: Jazoir, Suriya, Eron, Pokiston, Iroq, Bangladesh, Quvayt, Livan, Yaman, Ummon, Bruney, Liviya, Malayziya hamda Saudiya Arabistoni mazkur roʻyxatdan joy olgan.
Qayd etilishicha, Malʻdiv orollari prezidenti Muhammad Muizzu falastinliklarning ehtiyojlarini baholash uchun maxsus vakil tayinlamoqda va BMTning falastinlik qochqinlarga yordam koʻrsatish agentligi koʻmagida mablagʻ yigʻish kampaniyasini tashkil etmoqda.
Birdamlik bildirish maqsadida “Malʻdivliklar Falastin bilan birga” mitingini oʻtkazish ham rejalashtirilgan. Isroil-Falastin mojarosini hal qilishni tezlashtirish uchun Malʻdiv boshqa musulmon davlatlari bilan muzokaralar olib bormoqchi.
Ushbu yangilikdan ranjigan bosqinchi davlatga xayrixoh ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham jim turgani yoʻq – ular safdoshlarini Malʻdiv orollarini boykot qilishga chaqiryapti.
Oʻz navbatida Malʻdiv orollariga har yili milliondan ortiq sayyoh keladi. Oxirgi maʻlumotlarga koʻra, ushbu hududda dam olishni istagan isroilliklar soni 15 mingga yaqinni tashkil etgan.
Avvalroq, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham Isroilni konflikt zonalarida bolalarga ataylab zarar etkazuvchi va oʻlimiga sabab boʻluvchi davlatlarning qora roʻyxatiga kiritishini maʻlum qilgandi. Guterrish Isroilning AQShdagi mudofaa attashesi general mayor Hiday Zilbermanga tegishli ogohlantirishni etkazgan. Agar shunday boʻlsa yahudiy davlati IShID, “Al Qoida” kabi guruhlar kiritilgan qora roʻyxatdan joy olishi mumkin. 26-iyun kuni muhokama qilinishi rejalashtirilgan BMT xavfsizlik kengashi aʻzolariga tarqatiladigan hisobotda bu aks etishi kutilmoqda. Isroil esa qora roʻyxatga kirish mamlakatga qarshi qurol embargosiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!