Jamiyat

O‘zbekistonning 4 hududida chigirtkalarga qarshi kurash olib borilmoqda

O‘zbekistonning 4 hududida chigirtkalarga qarshi kurash olib borilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlari hududlarida tungi kimyoviy ishlov berish tadbirlari tongga qadar olib borilib, bugungi kunda saksovul bukur chigirtkasi bartaraf etilmoqda.

Bu zararkunanda 3-4 yoshida bo‘lganida ya’ni, qanot chiqargunigacha yo’q qilinishi kerak. Sababi chigirtka qanot chiqarganidan so‘ng bir kunda kamida 50-60 kilometr masofani bosib o‘tishi va yo‘lida uchragan barcha yashillikni yeb bitirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, saksovul bukur chigirtkasi qishloq xo‘jaligi ekinlari, yaylovlarga xavf tug‘dirmaydi! Bu turdagi to‘da hosil qiluvchi chigirtkalar saksovul bilan oziqlanadi. Hasharot saqsovulzorlarga zarar yetkazmasligini taʼminlash maqsadida kimyoviy tadbirlar monitoring asosida olib borilmoqda.

Ayni kunlarda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati xodimlari tomonidan chegaradosh viloyatlarda tunu kun nazorat tadbirlari olib borilmoqda.