Jahon

Rossiyaning ikki hududi afgʻon mehnat muhojirlarini qabul qilishga tayyorliini bildirdi

Rossiyaning ikki hududi afgʻon mehnat muhojirlarini qabul qilishga tayyorliini bildirdi

“Tolibon” hukumati Rossiyaning bir qancha hududlari, jumladan, Tatariston va Checheniston afgʻonistonlik mehnat muhojirlarini qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilishga rozi boʻlganini bildirdi.

Afgʻoniston Tolibon hukumati Rossiyaning bir qancha viloyatlari Afgʻonistondan mehnat muhojirlarini qabul qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

Afgʻoniston mehnat vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul Umariyning soʻzlariga koʻra, afgʻon ishchilariga, xususan, Tatariston va Chechenistonga qiziqish bildirgan.

Afgʻonistonlik mehnat muhojirlarini asosan qishloq xoʻjaligida ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Umariyning soʻzlariga koʻra, u Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi davomida afgʻonlarni RFda ish bilan ta’minlash masalasini Rossiya rasmiylari, jumladan, RF Mehnat vazirligi rahbari Anton Kotyakov, shuningdek, Dogʻiston vakillari bilan uchrashuvlarda muhokama qilgan.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi “Tolibon”ni RFda taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarish tarafdori ekani, chunki bu Moskva va Kobul oʻrtasidagi munosabatlarning rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgani haqida gapirgan edi.