Jahon

Bombalanayotgan G‘azo: 250-kunning asosiy voqealari

Bombalanayotgan G‘azo: 250-kunning asosiy voqealari

– Bosqinchilar Shujayya va az-Zaytun hududlari, Rafah va G‘azo markaziga hujum qildi. Kun davomida 42 kishi halok bo‘ldi, 120 kishi jarohat oldi. Jami 37164 kishi shahid bo‘ldi.

– G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Jenin, Nablus va Xalilga bostirib kirishdi. 48 soat ichida 12 falastinlik halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar hibsga olindi, ulardan biri yosh bola.

– Hizbulloh bosib olingan Falastin shimolidagi nishonlarga 100 dan ortiq raketa zarbasi berdi.

– G‘azo qarshilik jangchilari Rafahdagi Al-Shaboura lagerida joylashib olgan ishg‘olchilar va ularning texnikalarini yo‘q qildi.

– Bosqinchilar Livan janubidagi Joya shahriga hujum qildi. 4 askar halok bo‘ldi. Hizbulloh qo‘mondoni Tolib Sami Abdulloh shahid bo‘ldi.

– HAMAS va Islomiy jihod doimiy otashkesim va bosqinchilarni G‘azodan, jumladan Misr chegarasidan to‘liq olib chiqish bo‘yicha shartlarga tuzatish kiritdi.

– Islomiy jihod rahbari Rasmi Abu Issa: «Netanyaxu biz bilan alohida gaplashishga harakat qildi, lekin biz uning iltimosini rad etdik».

– G‘azo qutqaruvchilari: «Bizda uskunalar va yonilg‘i tanqisligi kun sayin oshib bormoqda. Yordam ko‘rsatish istalgan vaqtda to‘xtatilishi mumkin. Ayni paytda kuniga 300 litr yonilg‘iga ehtiyojimiz bor».

– BMT: «G‘azodagi ayollar va chaqaloqlarning 96 foizidan ko‘prog‘i asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga muhtoj».