Jamiyat

Profilaktika inspektori ayolga qo‘l ko‘targani uchun ishdan bo‘shatildi

Profilaktika inspektori ayolga qo‘l ko‘targani uchun ishdan bo‘shatildi
Oplus_131072

Ijtimoiy tarmoqlarda profilaktika inspektori xizmat vazifasi mobaynida ayol kishiga qo‘pol ravishda qo‘l ko‘targan tasvirlari keng tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyat IIBB matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 9-iyun kuni soat 22:00 larda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida tungi xizmatga jalb etilgan Samarqand shahar IIO FMB profilaktika inspektori S.Eshanqulov. Samarqand shahri, Dahbet ko‘chasidagi avtomobil yo‘lining qatnov qismida fuqarolar janjallashayotganini ko‘rib, 6-raqamga qo‘ng‘iroq qilgan.

Ularni IIVga olib borish orqali o‘z qilmishlarini rasmiylashtirish chog‘ida profilaktika inspektori bilan ushbu shaxslar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Bu jarayonda profilaktika inspektori ikki nafar fuqaroga (ulardan biri ayol) nisbatan amaldagi qonunchilikka zid ravishda jismoniy kuch ishlatgan.

Vaziyat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, profilaktika inspektori S.Eshonqulov ichki ishlar organlari safidan ozod etildi.

Yig‘ilgan hujjatlar ishtirokchilarning harakatlariga huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborildi.